Taqsimla
Kirish

3–50 agentli distribyutorlar uchun

Buyurtma, ombor va qarz — bitta tizimda

Agent internetsiz buyurtma va to'lov oladi, ombor yuk chiqaradi, qarz o'zi yoziladi, rahbar esa hisobotni real vaqtda ko'radi.

14 kun bepul · o'rnatish shart emas · brauzer va mobil ilova

Distribyutsiyaning butun zanjiri

Excel jadvallari, daftar va qo'ng'iroqlar o'rniga — hamma bir xil raqamni ko'radi.

Internetsiz agent ilovasi

Agent 7 kungacha aloqasiz buyurtma, to'lov va yangi mijoz kiritadi. Internet chiqqanda hammasi o'zi sinxronlanadi — hech narsa yo'qolmaydi.

Ombor va qoldiq

Kirim, ko'chirish, hisobdan chiqarish va inventarizatsiya. Tasdiqlangan buyurtma mahsulotni rezerv qiladi — bor bo'lmagan tovar sotilmaydi.

Qarz va to'lovlar

Yetkazilgan har buyurtma qarzga, har to'lov kamayishga yoziladi. Muddati o'tgan qarz, kredit limiti, akt-sverka va inkassatsiya.

Hisobotlar

Savdo, qarzdorlik, to'lovlar, ombor, agentlar va mijozlar bo'yicha hisobotlar — sana va filtrlar bilan, Excel ga eksport.

Xodimlar va ruxsatlar

Rahbar, menejer, buxgalter, omborchi va agent — har biri faqat o'ziga kerakli narsani ko'radi. Tannarx va marja faqat ruxsati borlarga.

Hujjatlar va import

Nakladnoy, kvitansiya, yig'ish ro'yxati va prays-list bir tugmada. Mijoz va mahsulotlarni Excel dan bir necha daqiqada yuklaysiz.

Qanday ishlaydi

  1. 1

    Ro'yxatdan o'ting

    Kompaniyani yarating, mijoz va mahsulotlarni Excel dan import qiling, xodimlarni taklif qiling.

  2. 2

    Agent buyurtma oladi

    Do'konda — internet bo'lmasa ham. Narx, qoldiq va mijoz qarzi telefonda ko'rinib turadi.

  3. 3

    Ombor yuk chiqaradi

    Ofis buyurtmani tasdiqlaydi, omborchi yig'ish ro'yxati bo'yicha yuklaydi, nakladnoy chop etiladi.

  4. 4

    Qarz o'zi yoziladi

    Yetkazilganda qarz mijoz hisobiga tushadi, to'lov olinganda kamayadi. Rahbar hammasini hisobotda ko'radi.

Savollaringiz bormi?

Qo'ng'iroq qiling yoki Telegramda yozing — tizimni ko'rsatib beramiz va ma'lumotlaringizni ko'chirishga yordam beramiz.

Bugundan boshlang

14 kunlik bepul sinov — barcha imkoniyatlar bilan.